Sport

"Paxtakor" "Krasnodar"ga magʻlub boʻldi

Har ikki gol ikkinchi taymda kiritilgan

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Abu-Dabida boʻlib oʻtayotgan tayyorgarlik yigʻini doirasida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Rossiyaning "Krasnodar" klubi bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Uchrashuvda "Krasnodar" futbolchilari 2:0 hisobida gʻalabaga erishishdi. Bu haqda "Krasnodar"ning Tvitterdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Har ikki gol ikkinchi taymda kiritilgan.

​50-daqiqada Tornike Okriashvili Vladimir Bistrovning toʻp uzatishidan soʻng "Krasnodar"ni hisobda oldinga olib chiqdi, besh daqiqadan keyin esa Ilya Jigulyov ikkinchi golni kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala