Investitsiyalar haqida yangi qonun qabul qilinadi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti Rossii
Denejnie kupuri i moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tashabbus O‘zbekistonning 2021-yilga qadar rivojlanish strategiyasiga doirasida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin orada investitsiyalar jalb qilish borasida yangi qonun qabul qilinadi. Bu haqida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan media-haftaligida respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Anvar Ikromov xabar qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu tashabbus O‘zbekistonning 2021-yilga qadar rivojlanish strategiyasiga doirasida amalga oshiriladi.

"Hozir O‘zbekistonda investitsiyalar haqida uchta turli qonun amal qilmoqda. Bular chet el investitsiyalari, investitsiya faoliyati va chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlardir. Ushbu uchchala qonun qayta ko‘rib chiqilib investitsiyalar haqidagi yagona qonunga mujassamlashtiriladi. Shunday yo‘l bilan biz chet el va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish qoidalarini yagona tartibga keltirib, ushbu sohada ko‘proq samaraga erishamiz”, — deb izoh berdi investitsiyalar haqida qabul qilinadigan yangi qonunga SSP raisi Ikromov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil O‘zbekiston iqtisodiyotiga 16,6 milliard dollardan ortiq investitsiyalar kiritilgan edi. Ushbu investitsiyalar yordamida 164 ta yirik loyiha amalga oshirildi.

Undan tashqari, O‘zbekiston yaqin besh yil ichida Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki va Islom Taraqqiyot bankidan yana 8 mlrd dollarga yaqin kredit olishni rejalashtirigan.

Yangiliklar lentasi
0