Jamiyat

Islom Karimovga uyushtirilgan suiqasd haqida kitob chiqdi

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Badiiy asar asosida 1999 yilning fevral oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan voqealar yotadi. Oʻshanda vahobiy-terrorchilar Oʻzbekiston prezidenti, hukumatiga va huquqni saqlash organlariga qarshi tajovuz qilishgan edi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentda yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” asari taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi kitob Oʻzbekiston Birinchi prezidenti tugʻilgan kuni arafasida taqdim qilinmoqda. Kitobda Islom Karimov ogʻir sinovdan mardonavor oʻtgan davlat rahbari sifatida tasvirlangan. Shuningdek, jinoyatchilarni fosh qilishda ishtirok etgan huquqni saqlash organlarining tezkor va aniq harakatlari haqida ham hikoya qilingan.

“Bu asar yosh va istiqbolli yozuvchi Akbar Mirzoning oldin chop etilgan, Namangan va Andijon voqealari aks ettirilgan, "Ayozi choʻzilgan bahor" va "Ajal bilan yuzma-yuz" kitoblarining davomi boʻlib, u mustaqil Oʻzbekiston bosib oʻtgan murakkab yoʻlni tasvirlaydi. Asarda Oʻzbekiston Birinchi prezidenti faoliyati haqida badiiy naqlda hikoya qilib berilgan”, — deb izoh berdi Oʻzbekiston  yozuvchilar ittifoqi aʼzosi Habib Temirov.

Eslatib oʻtamiz, 1999 yilning Fevralida vahobiy-terrorchilari Toshkentning 6 joyida portlashlar uyushtirgan edi. Oʻshanda Oʻzbekiston rahbariyati, muhim davlat boshqaruv organlari terrorchilar nishoniga aylangan edi.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov haykalini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlov shartlari eʼlon qilindi

Terrorchilar Vazirlar Mahkamasi binosining “V“ shaklidagi ustuni oldida bomba oʻrnatilgan avtomobil portlatib yuborishadi. Aynan shu vaqtda Vazirlar mahkamasining kengashi oʻtkazilishi va unda prezident ham ishtirok etishi rejalashtirilgan boʻladi.

Oʻzbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabrida, 78 yoshida vafot etdi. 30 yanvar Islom Karimov tugʻilgan kuni. Ayni damda Oʻzbekistonning barcha hududlarida ushbu kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala