Jamiyat

OAV: Oʻzbekiston Islom Karimov tavallud kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrmoqda

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIOʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilayotgani taʼkidlangan

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondagi mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, shu kunlarda Oʻzbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun — 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekistonga hech kim xalaqit bermasin!" yoxud Islom Karimovning eng yorqin fikrlari
Taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilayotgani taʼkidlangan.

Xususan, Samarqand davlat universitetida oʻtkazilgan ana shunday tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyati, boy maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritilgan.

Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabrida insult oqibatida vafot etgan edi.

Ilgariroq Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning tugʻilgan kuni munosabati bilan 2017 yil 30 yanvarda "Oqsaroy" qarorgohi muzey sifatida ishlay boshlashi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala