OAV: O‘zbekiston Islom Karimov tavallud kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIO‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilayotgani ta’kidlangan

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, shu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun — 30-yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekistonga hech kim xalaqit bermasin!" yoxud Islom Karimovning eng yorqin fikrlari
Ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilayotgani ta’kidlangan.

Xususan, Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyati, boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritilgan.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabrida insult oqibatida vafot etgan edi.

Ilgariroq O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan 2017 yil 30-yanvarda "Oqsaroy" qarorgohi muzey sifatida ishlay boshlashi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0