Dunyoda

Tramp Chikagoda "qirgʻin" toʻxtatilmasa, u yerga "federallarni yuborishini" aytmoqda

© REUTERS / Carlos BarriaAQSH prezidenti Donald Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp qotilliklar soni keskin oshib ketgani uchun Chikago hukumatiga tanqid bilan yopirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabar qilinishicha, AQSH prezidenti shaharni tartibga keltirish uchun, u yerga federallarni yuborishini aytib, tahdid qilgan.

​"Agar Chikago davom etayotgan hunrezlik — 2017 yilda 228 marotaba oʻt ochish va 42ta oʻlim(2016 yilga nisbatan 24% yuqori) — holatini toʻgʻrilamasa, men u yerga federallarni yuboraman", — deb yozgan Tramp oʻzining Tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Oq tanli politsiyachilar afroamerikaliklarga nisbatan koʻrsatayotgan zugʻumlarga qarshi roʻy bergan ommaviy tartibsizlik va mitinglardan soʻng, Chikagoda politsiya rahbari oʻzgargan va shundan soʻng qotilliklar soni keskin oshib ketgan edi, deb eslatib oʻtgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala