Jamiyat

Islom Karimov haykalini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlov shartlari eʼlon qilindi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Nizomda bildirilishicha, mazkur ijodiy tanlov bir bosqichda Toshkent shahrida oʻtkaziladi

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi saytida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha Xalqaro ijodiy tanlov nizomi eʼlon qilindi.

Nizomda bildirilishicha, mazkur ijodiy tanlov bir bosqichda Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Unda mutaxassis haykaltaroshlar, arxitektorlar ishtirok etishi mumkin.

Oʻzbekiston Birinchi prezidenti  Islam Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda Islom Karimovga haykal oʻrnatiladi

Tanlovning boshlanish sanasi ommaviy axborot vositalarida tanlov shartlari eʼlon qilingan kundan soʻng aniqlanadi.

Tanlov shartiga koʻra anonimlikni saqlash uchun Xalqaro ijodiy tanlov ishtirokchilari oʻz loyihalarini barcha materiallarining pastki oʻng burchagida hamda yashirin kodli konvert yuzida oltita belgidan iborat yashirin kod ostida taqdim etishadi (yashirin kod raqamlari ketma-ketlikda boʻlmasligi lozim).

Xalqaro ijodiy tanlov ishtirokchilari bir yashirin kod ostida ikkitagacha tanlov loyihasini taqdim etishlari mumkinligi koʻrsatilgan.

Nizomda shuningdek, Samarqanddagi yodgorlik oʻrnatiladigan joy chizmasi: ajratilgan maydon va uning atrofi fotosurati, hududning asosiy rejasi koʻrsatib oʻtilgan.

© Akademiya xudojestv UzbekistanaIslom Karimov haykali oʻrnatiladigan joy chizmasi
Mesto ustanovleniya pamyatnika Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov haykali oʻrnatiladigan joy chizmasi

Tanlov ishlari hakamlar hayʼatiga tanishish uchun 2017 yil 31 martgacha Toshkent shahri, SH.Rashidov koʻchasi, 40-uyga — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining badiiy koʻrgazmalar direktsiyasi Markaziy koʻrgazmalar zaliga yuborilishi lozim.

Xalqaro ijodiy tanlov gʻoliblari tanlov natijalariga koʻra mukofot topshirish marosimiga taklif etiladi. Gʻoliblarning yoʻl xarajatlari tashkiliy qoʻmita tomonidan qoplanadi.

Tanlov natijalarini hakamlar hayʼati taqdim etadi. Hakamlar hayʼati tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Tanlov natijalari tashkiliy qoʻmita hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi saytida eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala