Hodisalar

MXX Tojikistondan narkotik keluvchi ikki "kanal"ni fosh etdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishQoʻlga olingan narkotik sotuvchisi
Qoʻlga olingan narkotik sotuvchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻoziyevning Urgut tumanidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda, yertoʻladan nomaʼlum modda solingan oʻnta oʻram topilgan

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati giyohvandlikka qarshi kurash boʻlimi xodimlari oʻtkazgan tezkor tadbirlar natijasida Tojikistondan giyohvand moddalar olib oʻtiluvchi ikkita "kanal"ga toʻsiq qoʻyildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri MXX matbuot xizmatiga tayanib.

Olingan tezkor maʼlumotlarga qaraganda, Tojikiston fuqarosi Ibrohim Haydarov yirik miqdorda giyohvandlik vositalarini sotish uchun Oʻzbekistonga olib kirishni rejalashtirgan. U bu maqsadda asli tojikistonlik, hozirda Oʻzbekiston fuqarosi Hakimxon Gʻoziyev bilan jinoiy til biriktirgan.

Xaltalardagi afyun - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda giyohvand modda sotuvchi yirik guruh aʼzolari sudlandi

MXX xodimlari Haydarov tunda tojik-oʻzbek chegarasidan noqonuniy oʻtib, giyohvandlik moddalarini Gʻoziyevga yetkazganini aniqlashdi. Maxsus operatsiya natijasida ularning har ikkisi qoʻlga olindi. Gʻoziyevning Urgut tumanidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda, yertoʻladan nomaʼlum modda solingan oʻnta oʻram topilgan. Ekspertiza tekshiruvlarida oʻramlardagi modda ogʻirligi 10 kilogrammdan ortiq qoradori ekanligi aniqlandi.

Tojikistondan oʻtuvchi yana bir "kanal" esa Toshkent viloyatida oʻtkazilgan operatsiya natijasida yopildi.

"Poytaxt viloyatining Boʻka tumanida yashovchi Sohibnazar Mansurov boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobil koʻzdan kechirilganda, mashinada 12ta briket topilgan va olib qoʻyilgan. Ularda 11 kilogramm 316 gramm afyun va 2 kilogramm gashish boʻlgan", — deyiladi Milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmati tomonidan.

Qoʻshni respublikadan keltirilgan ajal yukini yetkazish tashkilotchisi mashinada boʻlgan yana bir shaxs — ilgari narkotik savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan, Bekobod tumanida yashovchi Dilshod Pardaboyev boʻlgan.

Mazkur holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tergov boʻlinmalari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishlari tergov qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala