O‘zbekistonda 600dan ortiq yangi mahalliylashtirish loyihasi amalga oshiriladi

© UztelecomJizzax maxsus industrial zonasi
Jizzax maxsus industrial zonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxonalarda energiya tejamkorligi, ilg‘or texnologiya va uskunalarni joriy etish hisobiga mahsulot tannarxini tushirish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshiriladi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin uch yil ichida turli mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 1100 loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan 600tasi butunlay yangi loyiha bo‘ladi, deb ma’lum qildi iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Shuhrat Ismoilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabrida mamlakatda uch yilga mo‘ljallangan yangilangan mahalliylashtirish dasturi qabul qilindi. Unda investitsion loyihalarga nisbatan yangicha yondashuv ko‘zda tutilgan, olis va subvensiya tumanlarida amalga oshiriladigan tashabbuslarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Priyomka i uchot tkani na fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yildan boshlab yengil sanoat korxonalariga ulkan imtiyozlar berildi

"Bundan tashqari, keyingi davrda O‘zbekistonda mineral xom ashyo resurslarini qayta ishlash bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan 8ta dastur qabul qilindi. Ular rangli va qora metallurgiya, ximiya va nefteximiya, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati, hamda boshqa qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bular umumiy qiymati 40 milliard dollar atrofida bo‘lgan jami 600dan ortiq investitsion loyihalardir", — dedi u.

Ularning amalga oshirilishi natijasida 2021-yilga kelib sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshadi, YaIMda sanoat ulushi 33,6%dan 36%ga yetadi. Shuningdek, YaIMda qayta ishlab chiqarish sohasining ulushi 80%dan 85%ga yetishi rejalashtirilgan.

Biroq mazkur dasturlardan asosiy maqsad, dedi vazir o‘rinbosari, 2030-yilga kelib YaIM hajmini ikki baravardan ortiqroq o‘sishini ta’minlashdir. Buning uchun davlat ishtirokidagi korxonalarda energiya tejamkorligi, ilg‘or texnologiya va uskunalarni joriy etish hisobiga mahsulot tannarxini tushirish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0