Jamiyat

Muzey, fond, yodgorliklar va aeroport: Islom Karimov xotirasi abadiylashtiriladi

Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etiladi

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti koʻp yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.

Qarorda keltirilishicha, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi ham Oqsaroy qarorgohida joylashtiriladi, Samarqand shahrida esa Islom Karimov muzeyi tashkil etiladi va Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etiladi.

Toshkent shahrida, Islom Karimov tugʻilib oʻsgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallar oʻrnatiladi.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov haykalini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlov shartlari eʼlon qilindi

Qarorda shuningdek, har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30 yanvar kuni keng nishonlanishi, 2 sentyabr kuni Xotira kuni sifatida yod etilishi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga Islom Karimov nomi beriladi.

Qarorga muvofiq oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratiladi hamda Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalari chiqariladi.

Oʻzbekistonni chorak asr davomida boshqargan birinchi prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabrda 78 yoshida insult oqibatida vafot etdi. Prezidentning hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlar bilan quyidagi infografikamizda tanishishingiz mumkin.

Islom Karimovning hayot yoʻli
Islom Karimovning hayot yoʻli - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimovning hayot yoʻli

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala