Jamiyat

Toshkent aeroporti kengaytirilishi tufayli 1400 oila koʻchiriladi

Koʻchirilayotgan har bir oilaga teng maydonli xonadon, yer maydoni yoki mablagʻ beriladi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent aeroportining yangi terminali qurilishi munosabati bilan 540 uy xoʻjaliklarida istiqomat qilayotgan 1400 oilani boshqa joyga koʻchirishga toʻgʻri keladi, deb yozadi Oʻzbekiston Havo yoʻllarining yer inshootlari va aerodromlar boshqarmasi  direktori Anton Xodjayan.

Siyosat
Janubiy Koreya Toshkent xalqaro aeroportida yangi terminal quradi

“Toshkent-4” deb nom olgan yangi terminal ishga tushganidan keyin soatiga 1500 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻladi. Terminal binosi qanotini keng yoygan Xumo qushiga oʻxshagan boʻladi. Terminalda 36 samolyotga chiqish perronlari va 1700 ta avtomobil turar joyi boʻladi. 

“Koʻchirilayotgan oilalarni joylashtirish bilan Toshkent hokimiyati shugʻullanadi. Maʼlum boʻlishiga koʻra, har bir oilaga teng maydonli xonadon, yer maydoni yoki mablagʻ beriladi. Hech kimning huquqi poymol qilinmaydi”, — dedi Anton Xodjayan.  

Ushbu masala milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyanning ham nazaridan chetda qolmadi.

“Koʻchirilayotgan aholi “ha, men qoniqdim” deguniga qadar kompensatsiya oladi. Yana bir muhim maʼlumot: bosh vazir loyihaning texnik-iqtisodiy asosini allaqachon imzoladi”, — dedi Tyan.

Eslatib oʻtamiz, yangi aeroport qurilishining umumiy narxi 430 million dollardan ortiq. Undan 200 mln dollari Janubiy Koreyaning “Eksimbank”i tomonidan ajratiladi.

Yangi aeroport terminali Janubiy Koreyaning Inchon aeroportida qoʻllanilgan texnologiyalar asosida quriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala