Dunyoda

Atambayev Bishkekdagi aviahalokat qurbonlari haqiga shaxsan tilovat qildi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev qurbonlar qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtida
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev qurbonlar qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtida - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistonda sodir boʻlgan aviahalokat qurbonlari qarindoshlari bilan uchrashuvda, Atambayev aviahalokat tufayli turar-joyidan mahrum boʻlganlar boshpana bilan taʼminlanishi muhimligi haqida gapirdi

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Bishkekda yuz bergan aviahalokat qurbonlari qarindoshlari bilan uchrashuvda oʻlganlar xotirasiga shaxsan duo oʻqidi, deb xabar bergan Sputnik Qirgʻiziston.

Eslatib oʻtamiz, 16 yanvar kuni Boeing 747 yuk samolyoti Bishkek yaqinida halokatga uchragan edi. Istanbuldan Gongkongga uchayotgan samolyot Bishkekda yonilgʻi quyishi kerak boʻlgan. Fojia oqibatida 39 kishi halok boʻlgan, 15 kishi jarohatlangan.

Qirgʻiz somi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻshda aviahalokat jabrdiydalari uchun yigʻilgan pulni oʻgʻirlab ketishdi
Nashr xabariga koʻra, yigʻilish bir daqiqalik sukut bilan boshlangan. Shundan soʻng Qirgʻiziston rahbari halok boʻlganlar oilasiga taʼziya bildirgan.

Atambayev aviahalokat qurbonlari haqiga shaxsan duo oʻqigan va yuz bergan fojia oqibatida turar-joyidan mahrum boʻlganlar boshpana bilan taʼminlanishi masalasi hal etilishi naqadar muhimligi haqida gapirgan.

"Davlat jabrdiydalarga yordam berish uchun pul topadi. FVV maxsus hisob raqamiga fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan pullar maqsadga muvofiq ishlatiladi. Bu masalani fojianing birinchi daqiqasidan boshlab shaxsan nazoratga olganman", — deb aytgan Atambayev.

Yigʻilish ishtirokchilari jabrlanganlarga kompensatsiya toʻlash, ularni dori-darmon bilan taʼminlash, bolalarga ijtimoiy koʻmak berish masalalarini muhokama qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala