Muqobili boʻlmaydi: "Toshkent-janubiy" temir yoʻl vokzali tubdan taʼmirlanmoqda

© railway.uzToshkent janubiy temir yoʻl vokzalining maketi
Toshkent janubiy temir yoʻl vokzalining maketi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mutlaqo yangicha qiyofaga keltiriladigan va Oʻzbekistonda mavjud vokzallardan tubdan farq qiladigan mazkur inshoot Oʻzbekiston Mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent janubiy temir yoʻl vokzali yangi qiyofa kasb etadi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ matbuot-xizmati.

Iqtisod
Toshkent-4 terminali yuqoridan Xumo qushining yoyilgan qanotlarini eslatadi
Aytilishicha, vokzal "xaytek" usulida barpo etiladi. Binoning tashqi koʻrinishi oq rangda boʻlib, naqshlar keramika va sunʼiy toshlar bilan bezatiladi. Vokzal bir qavatli boʻlib, toshkent shahar iqlimini inobatga olgan holda isitish va sovutish tizimlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, 8,7 X 6 metr boʻlgan jahon andozalariga mos yuqori servis xizmati koʻrsatishga moʻljallangan VIP zal rejalashtirilgan.

Inshootning har ikki tomonida avto-turargohlar barpo etiladi. Temir yoʻl kassalari bino tashqarisidan joy olgan boʻlib, zamonaviy tarzda quriladi. Binoning old tomoni obodonlashtirilib, markazda 20 metr diametrdagi favvora bunyod etiladi.

Bino bir sutkada 10 ming kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega tarzda bunyod etiladi. Shu kungacha bu yerdan faqat shaharlararo yoʻnalishlarda qatnovlar amalga oshirilgan boʻlsa, endilikda bir qator mahalliy yoʻnalishlar "Toshkent–Janubiy" vokzalidan amalga oshiriladi.

"Boshtransloyiha" AJ tomonidan loyihalashtirilgan va Oʻzbekistonda mavjud vokzallardan tubdan farq qiladigan mazkur inshoot Oʻzbekiston Mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0