Pensiya ta’minotida yangi yildan joriy etilgan asosiy o‘zgarishlar haqida

© AP Photo/Sergey PonomarevKeksa kishi
Keksa kishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pensiya belgilanishiga doir savollar bilan "Zarafshon" muxbiri viloyat budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmasi mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘iga murojaat qildi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yanvar oyining boshida pensiya yoshini belgilashda yangi tartib e’lon qilingani — pensiyani tezroq olish imkoni paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbek pensioneri - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya yoshini belgilashda yangi tartib e’lon qilindi
"Zarafshon" nashri muxbiri Tog‘aymurod Shomurodov pensiya borasidagi bir nechta savollar bilan Samarqand viloyat budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmasi mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Abdurashid Rahimovga murojaat qildi.

Nashrda chop etilgan intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz.

- Yoshga doir pensiya olish huquqiga kimlar ega bo‘ladilar?

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar. Qonunning 7-moddasiga ko‘ra,
erkaklar – 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25-yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20-yil bo‘lgan taqdirda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Pensiya miqdorini hisoblab chiqarishda ish stajining oxirgi 10-yili asos qilib olinadi.

– Ish staji yetarli bo‘lmagan holda pensiya qanday tayinlanadi?

– Ish staji yetarli bo‘lmaganda to‘liqsiz pensiya tayinlanadi. Buning uchun ish staji kamida 7-yil bo‘lishi kerak. Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar davlat pensiyalarini olish huquqiga ega emaslar.

– Yakka tartibdagi tadbirkor, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi kelajakda davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lish uchun ish stajini qanday rasmiylashtirishi zarur?

– Darhaqiqat, ayni paytda ayrim shaxslar yollanib, kunlik tushum yoki yil oxirida va’da qilingan qishloq xo‘jalik masulotlari – g‘alla yoki meva-sabzavotlar olish uchun ishlab, ertaga pensiyaga chiqishda zarur ish stajiga ega bo‘lmay qoladilar. Kelajakda davlat pensiyasi olish huquqidan mahrum bo‘lib qolmaslik uchun yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tib faoliyatini boshlagach, davlat soliq idoralariga o‘zi uchun eng kam ish haqining bir barobari miqdorida har oyning 25-sanasiga qadar sug‘urta badali to‘lab boradi.

Pensioner - Sputnik O‘zbekiston
Jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 8 foizga oshirildi
Yakka tadbirkor 3 kishini yollab ishlatish huquqiga ham ega. Ana shunday taqdirda u yollangan xodim uchun ham eng kam ish haqining 0,5 barobari miqdorida sug‘urta badali to‘lab boradi. Soliq idorasi sug‘urta badallari to‘langani haqida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ro‘yxat taqdim etadi va unga asosan jamg‘armada yakka tartibdagi tadbirkorga va uning yollangan xodimiga mehnat daftarchasi ochiladi. Shu vaqtdan boshlab ish staji hisoblanadi.

Qonuniy ravishda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs esa vakolatli organ tomonidan berilgan chet davlat va u yerda bo‘lgan vaqt to‘g‘risida ma’lumotnomani doimiy yashash joyi bo‘yicha pensiya jamg‘armasiga taqdim etsa va eng kam ish haqining kamida bir barobari miqdorida soliq idorasiga sug‘urta badali to‘lagan bo‘lsa (to‘lov davri har oyda, chorakda yoki kelganidan keyin uch oy ichida), pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i, qoramol yetishtiruvchi har yili 1-oktabrga qadar eng kam ish haqining 4,5 barobari miqdorida sug‘urta badali to‘laydi va bu haqda soliq idorasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra pensiya jamg‘armasida mehnat daftarchasi ochilib, ish staji yuritib boriladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, yollanma ishchining pensiya jamg‘armasida ish staji hisoblanishi uchun u to‘laydigan sug‘urta badali miqdori eng kam ish haqining 0,5 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak.

– Pensiya ta’minotida yangi yildan joriy etilgan o‘zgarishlarning asosiylariga ham to‘xtalib o‘tsangiz?

– 2016-yil 27-dekabrda "Soliq va budjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni imzolandi. Qonunning 1-moddasiga muvofiq, "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 47 va 65-moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, 47-modda birinchi qismining "a" va "b" bandlaridagi "uch oy" degan so‘zlar "oltmish kun" degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Moliya vazirligini ayab o‘tirmadi
"a" bandiga batafsil izoh beradigan bo‘lsak, umumiy qoidaga ko‘ra, pensiya unga murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. Biroq qonun pensiyani birmuncha oldinroq muddatdan tayinlashni ham nazarda tutadi.

47-moddaning "a" bandi, fuqaro pensiya yoshiga to‘lgandan keyin uch oy ichida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etsa, unga pensiya, pensiya yoshiga yetgan kundan e’tiboran tayinlash ko‘zda tutilgan edi.

Misol uchun, 1956-yil 5-yanvarda tug‘ilgan M.Mansurov 2016-yil 2-martda yoshga doir pensiya tayinlashini so‘rab murojaat qiladi. Pensiya yoshiga yetgan kun bilan pensiyaga haqiqiy murojaat qilgan kun o‘rtasida 3 oy o‘tmaganligi sababli unga 2016-yil 5-yanvardan pensiya tayinlangan bo‘lardi.

Qonunga o‘zgartirish kiritilganligi sababli xuddi shunday holatda fuqaro 2017-yil 1-yanvardan keyin pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etganda, pensiya ariza bergan kundan e’tiboran tayinlanadi. Misol uchun, 1957-yil 12-yanvarda tug‘ilgan M.Mo‘minov 2017-yil 25-martda yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan. Unga pensiya ariza bergan kundan boshlab tayinlanadi. Chunki pensiya yoshiga yetgan kun bilan pensiyaga haqiqiy murojaat qilgan kun o‘rtasida "60 kun" muddat o‘tib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0