Toshkentda an’anaviy tennis turniri boshlandi

Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, ushbu musobaqada yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz ishtirok etmoqda

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy turnir boshlandi, deb xabar qilingan Toshkent shahar hokimligi saytida.

Futbolchilar o‘z o‘rnini Istominga bo‘shatib berishdi - muxlislar fikri
Xabarga ko‘ra, ushbu musobaqada yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz ishtirok etmoqda.

"Mazkur turnirda ishtirok etayotgan yosh sportchilarning barchasida g‘alabaga bo‘lgan intilish kuchliligi bahslarning murosasiz o‘tishida muhim ahamiyat kasb etmoqda", – deb aytgan musobaqa bosh hakami Maksim Kravchenko.

Maksim Shin, Aziz Dadaboyev, Azamat Luqmonov, Bekzod Rasamatov, David Bagrinoviskiy, Fayzullo Mirzag‘aniyev, Sardor Abdumalikov, Abduvoris Saidmuhammedov, Irisa Tursunova, Lutfiniso Ahmedova, Farida Marimova, Angelina Fols kabi tennischilar chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0