Jamiyat

Oʻzbekiston oliygohlariga qabul kvotasi 18%ga oshiriladi

© UITTalabalar
Talabalar - Sputnik Oʻzbekiston
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga belgilangan 57907 oʻrin qabul kvotasi oʻzgarmay kelmoqda

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Respublikani rivojlantirish strategiyasini muhokama qilish boʻyicha oʻtkazilayotgan media-haftalik chogʻida Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Dilmurod Turdiyev ana shunday bayonot berdi, deb xabar beradi "Darakchi".

Talabalar auditoriyada - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi

Uning soʻzlariga koʻra, kvota 18%ga oshiriladi.

Keyingi yillarda Oʻzbekistonda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga belgilangan 57907 oʻrin qabul kvotasi oʻzgarmay kelmoqda. Oliy taʼlim olishni istovchilar soni esa muntazam oshib bormoqda. Oʻtgan yili 663,2 ming abituriyent oʻquv yurtlariga hujjat topshirdi (2015 yilda — 605,8 ming). Shu tarzda, bir oʻringa 11 abituriyent daʼvogarlik qildi.

Oʻzbekistonda ayni paytda 59ta oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, respublikada xorijiy oliygohlarning sakkizta filiali faoliyat yuritadi va ular uchun qabul kvotasi alohida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala