Dunyoda

Atambayev: qirgʻizlar yahudiylardan oʻrnak olishi va ularga oʻxshagan boʻlishi shart

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevQirgʻiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev
Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Atambayev qirgʻizlar yahudiylar kabi kuchli va birdam boʻlishi kerak, deb aytdi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Qirgʻiz xalqi yahudiylar singari — kuchli, bo, birdam va oʻta kuchli bilimga ega boʻlishi kerak, degan Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev qayta tahrirdan chiqarilgan respublika Konstitutsiyasining ommaga eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda.

Eslatib oʻtamiz, juma kuni Atambayev mamlakat prezidenti vakolotlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani tasdiqladi.

Atambayev oʻz nutqi davomida "bir umr choʻkkallab yurgandan koʻra, tik turib oʻlgan yaxshi" degan va mamlakatni boʻlish bilan shugʻullanish kerakmasligini uqdirgan. "Mamlakatni tashqi kuchlarga pulga sotmaslik kerak", — deb taʼkidlagan u.

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev - 60 yoshda: Qirgʻiziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi
"Men u manqurtlarga shunday degan boʻlardim: "Sizlar oʻz avlodingiz uchun isnod boʻlasiz, ular odamlar koʻziga koʻrinishdan uyaladigan boʻladi. Chirigan siyosatchi arboblarga ham xuddi shu gaplarni aytgan boʻlardim. Avlodlaringiz sizlar tufayli bosh koʻtarib yurolmaydigan boʻladi. Mamlakat kelajagiga nuqta qoʻymoqchi boʻlganlar, oʻz taqdiriga nuqta qoʻygan boʻladi. Qirgʻizlar tarixini xitoylar, yunonlar va yahudiylar taqdiriga qiyoslash mumkin. Shu bois, biz bu xalqlardan birdamlik, vatanparvarlik bobida ortda qolmasligimiz darkor. Bordiyu Qirgʻiziston Xitoy kabi ulkan boʻla olmagan taqdirda ham, biz yahudiylar singari birdam, kuchli va boy boʻlishimiz lozim", — degan Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala