Atambayev: qirg‘izlar yahudiylardan o‘rnak olishi va ularga o‘xshagan bo‘lishi shart

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevQirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev qirg‘izlar yahudiylar kabi kuchli va birdam bo‘lishi kerak, deb aytdi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qirg‘iz xalqi yahudiylar singari — kuchli, bo, birdam va o‘ta kuchli bilimga ega bo‘lishi kerak, degan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qayta tahrirdan chiqarilgan respublika Konstitutsiyasining ommaga e’lon qilinishi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Atambayev mamlakat prezidenti vakolotlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani tasdiqladi.

Atambayev o‘z nutqi davomida "bir umr cho‘kkallab yurgandan ko‘ra, tik turib o‘lgan yaxshi" degan va mamlakatni bo‘lish bilan shug‘ullanish kerakmasligini uqdirgan. "Mamlakatni tashqi kuchlarga pulga sotmaslik kerak", — deb ta’kidlagan u.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev - 60 yoshda: Qirg‘iziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi
"Men u manqurtlarga shunday degan bo‘lardim: "Sizlar o‘z avlodingiz uchun isnod bo‘lasiz, ular odamlar ko‘ziga ko‘rinishdan uyaladigan bo‘ladi. Chirigan siyosatchi arboblarga ham xuddi shu gaplarni aytgan bo‘lardim. Avlodlaringiz sizlar tufayli bosh ko‘tarib yurolmaydigan bo‘ladi. Mamlakat kelajagiga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lganlar, o‘z taqdiriga nuqta qo‘ygan bo‘ladi. Qirg‘izlar tarixini xitoylar, yunonlar va yahudiylar taqdiriga qiyoslash mumkin. Shu bois, biz bu xalqlardan birdamlik, vatanparvarlik bobida ortda qolmasligimiz darkor. Bordiyu Qirg‘iziston Xitoy kabi ulkan bo‘la olmagan taqdirda ham, biz yahudiylar singari birdam, kuchli va boy bo‘lishimiz lozim", — degan Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0