Jamiyat

Avtobuslar harakati onlayn kuzatiladi

© tshtx.uzToshkentdagi axborot tablosi
Toshkentdagi axborot tablosi - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda jamoat transportida GPS tizimining ishlashini takomillashtirish maqsadida "Tashbus" mobil ilovasi ishga tushirildi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Avtobuslar harakati onlayn kuzatiladi, deb xabar qildi Toshkent hokimligi matbuot-xizmati.

Toshkentda yoʻlovchi avtobusi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda bu yil yoʻlkira haqi oshmaydi
"Bugungi kunda Toshkent shahridagi 20 dan ziyod avtobus oraliq bekatlariga elektron tablolar oʻrnatildi. Yoʻnalish raqami hamda bekat nomidan tashqari avtobuslarning qancha vaqtda bekatga yetib kelishi, valyutalar kursi hamda ob-havo maʼlumotlari onlayn rejimda aks etadigan bu kabi axborot qurilmalari sonini yana yuztaga koʻpaytirish rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

"Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyatining 2016 yil faoliyati yakunlari hamda 2017 yildagi rejalariga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarining tarmoqqa keng joriy etilayotgani poytaxt jamoat transporti faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil boʻlayotgani qayd etildi.

Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda jamoat transportida GPS tizimining ishlashini takomillashtirish maqsadida "Tashbus" mobil ilovasi ishga tushirilgan. Android, Apple iOS dasturlarida ishlaydigan mazkur ilovani bugungi kunga qadar 80 mingdan ortiq foydalanuvchi oʻz telefoniga yuklab olganligi taʼkidlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala