Jamiyat

Islom Karimov oʻqigan maktabda xotira tadbiri oʻtkazildi

© Novosti UzbekistanaIslom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir
Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy merosini targʻib qiluvchi targʻibot guruhlari ish boshladi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Samarqandda Oʻzbekiston xalqining buyuk farzandiga ehtirom koʻrsatildi, deb xabar qilgan "Zarafshon" nashri.

Xabarga koʻra, viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy merosini targʻib qiluvchi targʻibot guruhlari ish boshlagan.

Islom Karimov xotirasi abadiy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Muzey, fond, yodgorliklar va aeroport: Islom Karimov xotirasi abadiylashtiriladi
Islom Karimov tahsil olgan muassasa – Samarqand shahridagi 21-umumtaʼlim maktabida prezident xotirasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilgan. Unda Birinchi Prezident rahnamoligida mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ulkan oʻzgarishlar sodir boʻlgani, demokratik islohotlarni joriy etish borasida buyuk taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgani eʼtirof etilgan.

Maktabning 9-sinf oʻquvchisi Diyora Egamova quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan: "Mustaqilligimizning asoschisi boʻlgan Islom Karimov bir vaqtlar bizning maktabimizda tahsil olgani menga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Bu oʻz navbatida, bizga yaxshi taʼlim-tarbiya olib, Vatanimizga munosib farzand boʻlish masʼuliyatini yuklaydi".

Islom Karimov oʻz xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevdi, oʻzining soʻnggi kunlariga qadar butun hayotini Oʻzbekistonga xizmat qilishga bagʻishladi. Oʻzbek xalqining buyuk farzandining soʻnmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala