Jamiyat

Harbiy sir: Mirziyoyev Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariga qanday topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yigʻilish oʻtkazdi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar bergan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Tank T-90 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Oʻzbekistonning oʻz harbiy sanoat majmuasini yaratishni taklif qildi
"Prezident xavfsizlik sohasiga oid qonunchilik samaradorligini yuksaltirish, Qurolli Kuchlar tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish, uning shaxsiy tarkibini tayyorlash, zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab berdi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, hukumat aʼzolariga, vazirlik va idoralar rahbarlariga Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari qudratini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, milliy armiya va xalq yakdilligini bundanda mustahkamlashga doir aniq topshiriqlar berilgan.

Mirziyoyev yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oʻzbekistonliklarda Vatan taqdiri uchun masʼuliyat tuygʻusini yanada yuksaltirish kabi muhim vazifalarga alohida eʼtibor qaratgan.

Harbiy xizmatchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun zamonaviy uy-joylar qurish bilan bogʻliq masalalar ham koʻrib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala