Jamiyat

Oʻzbekistonda militsiya xodimlari uchun qonun yoʻqmi?

© AP Photo / Umida AkhmedovaMilitsiya avtomobili
Militsiya avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning biri tomonidan yuklangan video rolik qizgʻin muhokamaga sabab boʻlmoqda. Unda militsiya mashinasi koʻr-koʻrona yoʻl harakati qoidalarini buzayotgani tasvirlangan

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda bir foydalanuvchi tomonidan yuklangan video qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Rolikda militsiya xizmat mashinasi yoʻl harakati qoidalarini ochiq va qoʻpol tarzda buzayotgani tasvirlangan. Mashina qizil chiroq yonganiga qaramay, "gazni" bosgan. Ushbu voqea "Pushkin" metro stantsiyasi yaqinida sodir boʻlgan.

Oʻzbek militsioneri - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev qonunni buzgan militsiya xodimlarini qattiq jazolashga vaʼda berdi
Huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan sodir etilgan ushbu qoʻpol qoidabuzarlik "Voditeli Tashkenta" ishtirokchilarining keskin noroziligini uygʻotdi, deb xabar qiladi muxbir.

"Televizorda DAN xodimlari haydovchilarga qoidabuzarlik uchun tanbeh berayotgani koʻrsatiladi faqat. Qachon ularning oʻzlarini ham koʻrsatishar ekan?", — deb yozgan internet foydalanuvchilardan biri.

"Biz kichkina odamlar boʻlsak, ularga esa hamma narsa mumkin!", — deb taʼkidlagan yana bir foydalanuvchi.

"Ular hamisha xizmatda, bu borada surishishdan foyda yoʻq", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Xabar qilinishicha, internet foydalanuvchilari maslahatni bir joyga qoʻyib, qoidabuzar ustidan IIV virtual qabulxonasiga xat yozishgan.

"Murojaat raqami 858/17. Natijani koʻramiz", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala