Jamiyat

Buxoroda hokimlar lavozimidan ozod etildi

Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev shaharni va Qorakoʻl tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganini taʼkidladi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Valijon Oʻrinov viloyat hokimining tanqididan soʻng oʻz arizasiga koʻra Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi nuz.uz.

Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy qurilishi, kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, obodonlashtirish ishlari boʻyicha jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganini taʼkidladi. Viloyat hokimining soʻzlariga koʻra, odamlarni tashvishlantirayotgan muammolarni hal etishga masʼuliyatsizlik bilan qaralayotgani, shahar rahbariyatining tashkilotchiligi yetishmasligi, masalaga yangicha yondashmayotgani sababli yuqori tashkilotlarga qilinayotgan murojaatlar koʻpaymoqda. Kogon shahriga hokimlik qilib kelgan Ixtiyor Farmonov Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi.

Jamiyat
Buxoro viloyat amaldorlari yangi hokimdan hayfsan olishdi

Viloyatning Qorakoʻl tumanida ham kadrlar oʻzgarishi yuz berdi. Xalq deputatlari Qorakoʻl tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Husniddin Gʻoyirov tuman hokimi etib tayinlandi.

Qorakoʻl tumanining yangi hokimi 2017 yilda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida 156 loyihani amalga oshirishi lozim boʻladi. Bu loyihalarning umumiy qiymati 65,1 mlrd soʻm va 6,3 mln dollarni tashkil etadi. Lloyihalarni amalga oshirish evaziga 1162 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala