Buxoroda hokimlar lavozimidan ozod etildi

Obuna bo‘lish
Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev shaharni va Qorako‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini ta’kidladi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Valijon O‘rinov viloyat hokimining tanqididan so‘ng o‘z arizasiga ko‘ra Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi nuz.uz.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy qurilishi, kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini ta’kidladi. Viloyat hokimining so‘zlariga ko‘ra, odamlarni tashvishlantirayotgan muammolarni hal etishga mas’uliyatsizlik bilan qaralayotgani, shahar rahbariyatining tashkilotchiligi yetishmasligi, masalaga yangicha yondashmayotgani sababli yuqori tashkilotlarga qilinayotgan murojaatlar ko‘paymoqda. Kogon shahriga hokimlik qilib kelgan Ixtiyor Farmonov Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi.

Buxoro viloyat amaldorlari yangi hokimdan hayfsan olishdi

Viloyatning Qorako‘l tumanida ham kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Xalq deputatlari Qorako‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Husniddin G‘oyirov tuman hokimi etib tayinlandi.

Qorako‘l tumanining yangi hokimi 2017-yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida 156 loyihani amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Bu loyihalarning umumiy qiymati 65,1 mlrd so‘m va 6,3 mln dollarni tashkil etadi. Lloyihalarni amalga oshirish evaziga 1162 ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0