Analitika

Ekspert Afgʻoniston muammosini hal qilishning uch shartini sanab oʻtdi

© Sputnik / StringerSherzod Abdullayev
Sherzod Abdullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Ekspert Afgʻoniston muammosini hal qilishning uch shartini sanab oʻtdi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Xalqaro hamjamiyat afgʻon muammosiga nisbatan nuqtai nazarini oʻzgartirishi va unga boshqa tomondan yondashishi lozim, deb hisoblaydi xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi boʻlim boshligʻi Sherzod Abdullayev.

Bugun media-haftalikda chiqish qilgan ekspert afgʻon ziddiyati borgan sari murakkablashayotganini taʼkidladi.

Dunyoda
Yevroittifoq Afgʻoniston masalasida Oʻzbekiston yordamiga umid qilmoqda

"Markaziy Osiyo yoʻnalishi biz uchun tabiiyki, ustuvor hisoblanadi. Afgʻoniston ham tarixiy, ham geografik va ham geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasiga kiradi. Biz bu davlatni har doim umummintaqaviy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi deb hisoblab kelganmiz. Afgʻon omili tashqi siyosatimiz uchun shunchaki bir yoʻnalish emas. U milliy xavfsizlik siyosatimizning jiddiy unsuri hisoblanadi", — dedi Abdullayev.

Toshkentning afgʻon muammosi borasidagi qarashlarini bayon qilar ekan, u birinchidan, Oʻzbekiston koʻp yillardan buyon izchil va tizimli ravishda Afgʻonistondagi ichki ziddiyatlar tinch siyosiy muzokaralar yoʻli bilan afgʻonlarning ichki milliy kelishuvi asosida hal qilinishi tarafdori boʻlib kelayotganligini aytdi. Va ekspertning aytishicha, bu BMT shafeʼligi ostida hamda hech qanday dastlabki shartlarsiz oʻtishi lozim.

Siyosatshunosning fikricha, bu muammoni hal qilishning ikkinchi sharti afgʻonlarning ichki ishlariga tashqi kuchlarning buzgʻunchi taʼsirini butkul istisno qilishdir. Uchinchidan esa bir-biri bilan nizolashayotgan afgʻon guruhlariga ayrim tashqi kuchlar tomonidan qurollar yetkazib berilishini bas qilish shart.

Siyosat
OAV: Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida foydalanilmagan imkoniyatlar koʻp

"Biz afgʻon muammoasini hal qilish uchun biz mana shu uch shartnoi olgʻa surib kelmoqdamiz va olgʻa surishda davom etamiz. Afgʻonistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikning oʻrnatilishi biz yashab kelayotgan ulkan Yevrosiyo mintaqasining ijobiy rivojlanishida muhim omil boʻlgan boʻlardi. Bu kommunikatsiya, quvurlar oʻtkazish nuqtai nazaridan yangi istiqbollar ochib, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga turtki bergan boʻlardi", — dedi ekspert.

U bu masalaga nisbatan oʻz qarashini bayon etar ekan, xalqaro hamjamiyat Afgʻonistonga mintaqaviy muammolar, tahdidlar va chaqiriqlar manbai sifatida qarashni bas qilish kerakligini bildirdi.

"Afgʻonistonga kengroq miqyosda, afsuski u bugungi kunda egallab turgan maqomni oʻzgartirish uchun strategik imkoniyat nuqtai nazaridan qarash kerak. Bunday qarash hududiy rivojlanishga turtki beradi va mintaqadagi barcha mamlakatlarga butunlay boshqacha geosiyosiy yoʻnalish taqdim etadi", — deb xulosa qildi Sherzod Abdullayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala