Jamiyat

Oʻzbekiston shifoxonalariga Rossiyaning "Shvabe" tibbiyot texnologiyalari keltiriladi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishtugʻruqxona
tugʻruqxona - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki tibbiyot jihozlari shu yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Shvabe" xoldingi Oʻzbekistonda uchta tibbiyot uskunasini roʻyxatdan oʻtkazdi, bu esa mamlakat klinikalarini tibbiy jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha keng miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon beradi, deb xabar bermoqda xolding matbuot xizmati.

Shu yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalariga oʻpkada sunʼiy ravishda havo aylanishini taʼminlash, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning nafas olishini respirator qoʻllab-quvvatlash uskunalari va chaqaloqlar intensiv terapiyasi inkubatori yetkazib beriladi.

"Biz uzoq yillardan buyon Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan tibbiyot yoʻnalishida hamkorlik qilib kelamiz. Tibbiyot jihozlarining roʻyxatdan oʻtkazilishi mahsulotlarimiz sifati yuqori ekanligini tasdiqlash bilan birga ushbu mamlakatlar klinikalarini jihozlash boʻyicha yirik miqyosdagi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi", — dedi "Shvabe"ning bosh direktori oʻrinbosari Ivan Ojgixin.

Yuqoridagi jihozlar shuningdek, Qozogʻistonga ham yetkazib beriladi.

Kompaniya matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda "Shvabe" ikki yuzdan ortiq nomdagi tibbiyot jihozlarini ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala