Jamiyat

Toshkent-Andijon-Toshkent poyezdi 1 fevraldan qatnay boshlaydi

Kompaniya xodimining aytishicha, hozirda Fargʻona vodiysiga olib boruvchi temir yoʻli "texnik sabablarga koʻra" yopilgan

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Toshkent — Andijon — Toshkent poyezdi 1 fevraldan yana qatnay boshlashi mumkin, deb maʼlum qildi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" maʼlumot xizmati Sputnik muxbiriga.

Kompaniya xodimining aytishicha, hozirda Fargʻona vodiysiga olib boruvchi temir yoʻli "texnik sabablarga koʻra" yopilgan.

"Birinchi poyezd 1 fevraldan qatnashi mumkin. Biroq bu aniq muddat emas. Platskart vagonlarga bilet 70 ming, "ekonom" bilet esa 46 ming soʻmni tashkil etadi", — degan kompaniya vakili.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq ayrim OAVlarda Qamchiq dovonida halokat yuz bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi bu haqda jurnalistlarga hech qanday maʼlumot bermadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala