Toshkent-Andijon-Toshkent poyezdi 1-fevraldan qatnay boshlaydi

Obuna bo‘lish
Kompaniya xodimining aytishicha, hozirda Farg‘ona vodiysiga olib boruvchi temir yo‘li "texnik sabablarga ko‘ra" yopilgan

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Toshkent — Andijon — Toshkent poyezdi 1-fevraldan yana qatnay boshlashi mumkin, deb ma’lum qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" ma’lumot xizmati Sputnik muxbiriga.

Kompaniya xodimining aytishicha, hozirda Farg‘ona vodiysiga olib boruvchi temir yo‘li "texnik sabablarga ko‘ra" yopilgan.

"Birinchi poyezd 1-fevraldan qatnashi mumkin. Biroq bu aniq muddat emas. Plaskart vagonlarga bilet 70 ming, "ekonom" bilet esa 46 ming so‘mni tashkil etadi", — degan kompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ayrim OAVlarda Qamchiq dovonida halokat yuz bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi bu haqda jurnalistlarga hech qanday ma’lumot bermadi.

Yangiliklar lentasi
0