Iqtisod

"Yashil haftalik" Oʻzbekistonga 151,2 mln $lik shartnomalar keltirdi

© uzagroexport.uzBerlindagi "Yashil haftalik - 2017" koʻrgazmasi
Berlindagi Yashil haftalik - 2017 koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA, Turkiya kabi oʻndan ortiq mamlakatlar bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Berlinda yetti kun davomida boʻlib oʻtgan "Yashil haftalik — 2017" koʻrgazmasida Oʻzbekistondagi tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari, viloyatlar va tumanlar hokimliklari vakillari Yevropa va boshqa mamlakatlarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha 151,2 mln dollarlik eksport shartnomalari tuzdilar, deb xabar beradi "Oʻzagroeksport" matbuot xizmati.

Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA, Turkiya kabi oʻndan ortiq mamlakatlar bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi.

"Xorijlik hamkorlar bilan muzokaralar jarayonida oʻzbek delegatsiyasi vakillari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy texnologiyalari, mahsulotni qayta ishlash va eksportini takomillashtirish, qishloq xoʻjalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish masalalarini batafsil muhokama qildilar", — deyiladi xabarda.

© uzagroexport.uzBerlindagi "Yashil haftalik - 2017" koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston stendi
Mejdunarodnaya selskoxozyaystvennaya yarmarka Zelyonaya nedelya-2017 v Berline - Sputnik Oʻzbekiston
Berlindagi "Yashil haftalik - 2017" koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston stendi

Koʻrgazmada Oʻzbekistonning qishloq xoʻjalik salohiyatini "Oʻzbekoziqovqatxolding", "Oʻzvinsanoatxolding" xolding kompaniyalari, "Oʻzagroeksport" Aj hamda respublikadagi fermer xoʻjaliklari namoyish etishdi.

Maydoni 200 kv metrga yaqin boʻlgan Oʻzbekiston milliy stendiga qoʻyilgan yangi mevalar, sabzavot va rezavorlar, quritilgan mevalar, yogʻ-moy va vino mahsulotlari, ziravor va koʻkatlar, qayta ishlangan mahsulotlar — sharbatlar, murabbolar, turli konservalar koʻpchilikning eʼtiborini jalb etdi.

"Yashil haftalik" — qishloq xoʻjalik, chorvachilik, bogʻdorchilik va oziq-ovqat sanoatidagi soʻnggi yutuqlarni namoyish etuvchi jahondagi eng yirik koʻrgazma. Bu yil koʻrgazmaga 400 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala