Buyuk ishlar uchun yaralgan umr: Islom Karimov haqida hujjatli film

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaO‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 yanvar kuni soat 19.00da my5 kanalida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyish etiladi

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. 30-yanvar kuni soat 19.00da my5 kanalida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyish etiladi. Bu haqda facebook ijtimoiy tarmog‘ida xabar qilingan.

Bu film mamlakatning eng og‘ir va murakkab burilish davrida unga yetakchilik qilishda o‘zida kuch topa olgan inson — Islom Karimov haqida.

O‘zbekiston SSR prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov - so‘nggi kuniga qadar O‘zbekistonga xizmat qilgan rahbar
Filmda Islom Karimov hayoti, buyuk madaniyat va tarixga ega bo‘lgan xalqni hurlikka yetaklagan davrlari, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, O‘zbekistonni hech kimdan kam bo‘lmagan davlatga aylantirishi, qolaversa, bugungi yorug‘ kunlarga erishishdagi sobitqadamligi va jasorati aks ettiriladi.

Bularning bari oddiy emas…

Chunki bu umr — Buyuk ishlar uchun yaralgan umr!

Yangiliklar lentasi
0