Putin Tramp bilan telefonlashadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossii prezidenti Vladimir Putin
Rossii prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy Vashington xabariga ko‘ra, AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti shanba kuni Moskva vaqti bilan 20.00da bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 28 — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. Oq uy rejasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti Moskva vaqti bilan 20.00da shanba kuni bo‘lib o‘tishi lozim, deb xabar qilgan OQ uy matbuot-xizmatiga tayangan holda RIA Novosti.

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp yadroviy qurolsizlanish evaziga Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlashga tayyor
AQSh prezidenti jadvaliga ko‘ra, u mahalliy vaqt bilan 12.00(Moskva vaqti bilan 20.00)da Oq uyning Oval kabinetida Rossiya prezidenti bilan muloqot qilishi belgilangan.

Putin bilan muloqotga qadar Tramp Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va Germaniya kansleri Angela Merkellar bilan telefonlashadi, deb xabar qilgan nashr.

Putin bilan muloqot qilib bo‘lgach, AQSh prezidenti Fransiya prezidenti Fransua Olland va Avstraliya Bosh vaziri Malkolm Ternbullar bilan muzokara o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov shanba kuni Putin va Tramp o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Tramp shanba kuni yana bir nechta farmonlarga imzo chekadi, hujjatlarning mazmuni oshkor etilmayapti, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0