Jamiyat

Xivada har bir xonadonga 100 tadan joʻja tarqatilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishJoʻjalar
Joʻjalar - Sputnik Oʻzbekiston
"Xiva naslli parranda" MCHJ tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan korxonada yiliga 51 million dona tuxum, 1 million 40 ming dona joʻja yetishtirish moʻljallanmoqda. Bu har bir xonadonga 100 tadan joʻja tarqatish, aholi farovonligini oshirish imkonini beradi

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga uyushtirgan safari davomida  "Xiva naslli parranda" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan parrandachilik markazi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Azimov qoraqalpoq xalqiga davlatmand boʻlish sirini oshkor qildi
Korxonada Italiya va Xitoy uskunalari asosida yiliga 51 million dona tuxum, 1 million 40 ming dona joʻja yetishtirish moʻljallanmoqda.

"Bu har bir xonadonga 100 tadan joʻja tarqatish, aholi farovonligini oshirish imkonini beradi. Korxonada 50 ish oʻrni yaratiladi", — deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida yetti xazinaning biri sifatida tilga olinadigan parrandachilik va baliqchilik boʻyicha ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpligi, bu tarmoqlar aholini goʻsht va tuxum bilan taʼminlash, oilalarga daromad manbai yaratishda muhim oʻrin tutishi taʼkidlangan.

Agrofirmalar tashkil etish orqali bu mahsulotlarni eksport qilish ham mumkinligi qayd etilgan.

Mirziyoyev shuningdek Xiva tumani Chodra qishlogʻida Xursand Madrimov va Ollabergan Rahimov xonadonlariga kirib, ularning turmush sharoiti, daromadlari bilan qiziqqan. Yashovchilar bilan suhbatda tomorqadan samarali foydalanish, limon, yongʻoq, anor, anjir kabi serdaromad ekinlar ekish zarurligi haqida soʻz borgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala