"E’tirof" yoki O‘zbekiston "Oskari" 14-fevralda taqdim etiladi

© uz24.uz"E’tirof" mukofoti
E’tirof mukofoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"E’tirof" mukofoti - teatr, kino, estrada va raqs san’ati, sport jurnalistika va tasviriy va amaliy san’at sohalarida yetuk natijalarga erishgan ijodkorlarga taqdim etiladi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Ushbu yilning 14-fevral kuni teatr, kino, estrada va raqs san’ati, sport jurnalistika va tasviriy va amaliy san’at sohalarida "E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Madaniyat va sport ishlari vazirligi.

"E’tirof" mukofoti "Teatr, kino va ommaviy tomoshalar", "Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati", "Tasviriy va amaliy san’at", "Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie", "Sport", "E’tibor, ehtirom, e’zoz" kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-yanvardagi "Madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasidagi "E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini o‘tkazish to‘g‘risida"gi majlis bayoni qabul qilingan.

"E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017-yil 14-fevral kuni "Istiqlol" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0