Jamiyat

Milliy aviakompaniya 25 yilligini nishonladi

© uzairways.comUzbekskiye avialinii - 25 let
Uzbekskiye avialinii - 25 let - Sputnik Oʻzbekiston
Mustaqillik bilan hamnafas boʻlgan "Oʻzbekiston havo yoʻllari"ning 25 yillik davri - intilish, rivojlanish va zamonaviylashtirish davri boʻldi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Kecha Toshkentda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasining 25 yilligi nishonlandi. Avaikompaniya va uning bir guruh xodimlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi, aviakompaniya xabariga asosan.

Aholining uzogʻini yaqin qilish va xalqaro maydonda Oʻzbekiston obroʻsini yuksak koʻtarishda uchun fuqaro aviatsiyasining roli oʻta muhim. Bugungi kunda oʻzbekiston Milliy avikompaniyasi samolyotlari dunyoning 50dan ortiq shaharlarga doimiy parvozlar amalga oshirmoqda. 2016 yilda aviakompaniya 2,5 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi va 43 ming tonna yuk tashidi.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Havo yoʻllari yangi qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi

Oʻzbekiston Havo yoʻllari Airbus A-320, Boeing —757/767/787, Il-114-100 kabi faqat zamonaviy samolyotlardan foydalanadi. Mustaqillikning 25 yilliga arafasida Oʻzbekiston havo yoʻllari ikkita eng zamonaviy "Boeing-787-8 Dreamliner"  samolyotlaridan foydalanishni boshladi.

Oʻtgan 25 yil davomida kompaniya nafaqat transport vositalarini balkim yerdagi infraqurilma tizimlarini ham yangilashga muvaffaq boʻldi. Oʻzbekistonda joylashgan barcha 11 aeroport kapital taʼmirdan chiqdi va "xalqaro" maqomga ega boʻldi. "Toshkent", "Samarqand", "Buxoro" va "Urgench" aeroportlari bir qator xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishdi.

Undan tashqari "Navoiy" aeroporti asosida Xalqaro intermodal logistika markaziga aylantirilib bu yerda eng zamonaviy yuk aviatsiya majmuasi qurildi. Bugungi kunda "Navoiy" dunyoning yetakchi logistika markazlari boʻlgan Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Saragosa, Oslo, Bazel, Dubai, Deli, Tegeran, Shanxay va boshqa shaharlari bilan bogʻlangan.

Ayni damda Toshkent aeroportida ham zamonaviy «Toshkent-4» terminali qurilish ishlari boshlab  yuborilgan. Yangi terminal soatiga 1500 yoʻlovchi qabul  qilish imkoniga ega boʻladi. Janubiy Koreya mutaxassislari bilan hamkorlikda qurilayotgan ushbu majmua 2019 yilda ishga tushirilish rejalashtirilgan

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala