Jamiyat

Mirziyoyev Xorazmda qurilayotgan farmatsevtika korxonasi bilan tanishdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishVitrina s lekarstvennыmi preparatami
Vitrina s lekarstvennыmi preparatami - Sputnik Oʻzbekiston
Xorazm viloyatida tayyor dori vositalari ishlab chiqaruvchi eng yirik farmatsevtika korxonalaridan biri qurilishi boshlandi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.

Tashrif davomida Mirziyoyev viloyatda qurilayotgan yangi farmatsevtika zavodi bilan tanishdi. Rejaga koʻra, qurilayotgan korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot 3,5 — 4 mln dollarlik import qilinayotgan  dorilar oʻrnini bosishi kerak va 3,8 mln dollarlik dorilarni eksport qilishi kerak.

Dorilar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bu yil Oʻzbekiston dori-darmon eksportini 14,5 mln $ga oshiradi

Yangi korxona "Imkoniyat Saxovat" MCHJ va "MemGilan" chet el korxonasi yordamida tashkil qilinmoqda. Korxona — 4 mlrd soʻmi asoschilarning xususiy mablagʻi va 25 mlrd soʻmi Milliy bank krediti hisobiga yaratiladi.

Zamonaviy  yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlangan ushbu zavod 2018 yilning 2 choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Zavod Oʻzbekistonda eng koʻp turdagi dori darmonlar ishlab chiqaruvchi va eng yirik  farmatsevtika korxonalaridan biri boʻladi.

Umumiy hisobda korxona yiliga 33 turdan iborat 4 026 ming quti ampulali dori vositalari ishlab chiqaradi. Infuzion suyuqliklar (qon tomirga yuboriluvchi) ishlab chiqarilsh liniyasida yiliga 38 nomli 12 120 ming quti dori vostalari ishlab chiqariladi.

Tabletka va kapsulali dorilar ishlab chiqarish liniyasida yiliga 5 027  upavkovka dori vositalari ishlab chiqariladi. Ushbu dorilardan 10 xili ijtimoiy muhim ahamiyatga ega boʻlgan dorilar va 45 xili import oʻrnini bosuvchi dorilar boʻlishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala