Jamiyat

Tirikchilik uchun kerak mablagʻning eng kam miqdori hisoblanadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishProduktovaya korzina
Produktovaya korzina - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi qonunga koʻra, Oʻzbekistonda tirikchilik uchun kerak boʻladgan eng kam ish haqi miqdori hisoblab chiqiladi va unga qarab ijtimoiy toʻlovlar miqdori belgilanadi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi bor tirikchilik uchun kerak boʻladgan eng kam ish haqi miqdori hisoblab chiqiladi, deb xabar qilmoqda UzekistanToday nashri.  

2017 yilning oxiriga qadar Respublikada "Eng kam miqdordagi ijtimoiy standartlar toʻgʻrisida"gi qonun ishlab chiqariladi.

Yangi qonunda, yashash uchun kerak boʻlgan mablagʻning eng kam miqdorini aniqlash tizimi joriy etiladi. Shundan soʻng ijtimoiy toʻlovlar miqdori, aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda, belgilanadi.

Shuningdek, yangi qonunda insonning  taʼlim, tibbiy yordam va turar joyga boʻlgan ehtiyojiga alohida eʼtibor beriladi.

Bunday huquqiy akt Oʻzbekistonda birinchi bor qabul qilinmoqda. Qonun ishlab chiqaruvchilar guruhi tarkibiga moliya, Iqtisod, Mehnat, Sogʻliqni saqlash va Taʼlim   vazirliklari mutaxassislari kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala