Jamiyat

Xorazmda Rossiya tibbiyot markazlari filiallari ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishXirurgi provodyat operatsiyu
Xirurgi provodyat operatsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqin kelajakda Rossiyaning ikki yirik tibbiyot markazlari Xorazm viloyatida oʻz filiallarini ochishi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga qilgan safari davomida ushbu viloyatda Rossiyaning yirik tibbiyot markazlari filiallari ochilishi maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Podrobno.UZ nashri.

tugʻruqxona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston shifoxonalariga Rossiyaning "Shvabe" tibbiyot texnologiyalari keltiriladi

Respublika kardiologiya ixtisoslashgan markazining Xorazm filiali huzurida Bakulev nomidagi Rossiya ilmiy-amaliy yurak-qon tomir xirurgiyasimarkazining filiali ochiladi. Eslatib oʻtamiz, ushbu markazga nafaqat Rossiyada balkim butun dunyoga mashhur xirurg Leo Bokeriya boshchilik qiladi.

Ushbu tadbir Qoraqalpogʻiston respublikasi Xorazm va Buxoro viloyatlari aholisiga yuqori sifatli ixtisoslashgan  xizmat koʻrstish imkonini beradi. Klinikada yiliga 3 mingdan ortiq yurak va qon tomirlari kasalliklari bilan kasallangan bemorlar va yangi tugʻilga chaqaloqlar yurak kasalliklarini diagnostika qilish va davolash imkonini paydo boʻladi.

Toshkent Meditsina akademiyasining Urganch filiali va Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg Davlat tibbiyot akademiyasi  orasida ham hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu yerda endokrinologiya, otolaringologiya, gematologiya, allergologiya boʻlimlari filiallari boʻlimlari ochildi.

Sunʼiy jigar qon tozalovchi apparatiga ulangan beʼmor - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident tibbiyot sohasini yana bir bor tanqid qildi
Ushbu universitet mutaxassislari nafaqat akademiyada dars oʻtish, balkim kasallarni qabu qilish, diagnostika va davolash jarayonida ham ishtirok etishadi. Bunday tizim boʻlajak shifokorlarga mutaxssislikni chuqurroq egallash va tibbiyotning zamonaviy oqimlari bilan tanishish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda, ushbu ikki tibbiy muassasa Orolboʻyi hududida yashayotgan aholi uchun ulkan tarixiy va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻladi. Ushbu tashabbus hududda koʻp uchraydigan kasalliklarni samarali davolashi va tibbiyot oʻqituvchilari va xodimlari malakasini oshirishda ulkan hissa qoʻshadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala