Jamiyat

Islom Karimovni xotirlab

© jahonnews.uzOʻzbekiston Birini prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekiston Birini prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov tavalludining 79 yilligi munosabati bilan “Mening Yurtim” telekanalida Islom Karimovga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Birinchi prezidentiga bagʻishlangan hujjatli filmda Islom Karimovni yaqindan bilgan, bolalik yillarida bir maktabda oʻqigan, turli davrlarda u bilan yonma-yon boʻlgan kishilar Oʻzbekiston Birinchi prezidenti haqida oʻz xotiralari bilan baham koʻrishgan.

Undan tashqari mualliflar Islom Karimovning Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi, mamlakatda tinchlikni saqlab qolishi va eng ogʻir yillarda respublikani yagona toʻgʻri yoʻldan boshlab borishda tutgan ulkan roli haqida ham aytib oʻtilgan.

Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buyuk ishlar uchun yaralgan umr: Islom Karimov haqida hujjatli film

Islom Karimov 1938 yil Samarqandda oddiy oilalardan birida tugʻiladi. Oʻsha vaqtlar uning ismini — Islom deb qoʻyilishining oʻzi ulkan jasorat boʻlgan. Samarqand  arxivi xodimi Marina Kukoyantsning soʻzlariga qaraganda oʻsha yili Samarqandda tugʻilgan  1694 nafar oʻgʻil boladan faqat bittasining ismi Islom boʻlgan.

Islomning bolaligi urush yillariga toʻgʻri keldi, oʻsmirligi esa urushdan keyingi ogʻir yillarda oʻtdi. U bolaligidan mehnat va bir burda nonning qadr qimmatini yaxshi bilardi.  Usha yillarda hayot haqiqatdan ham ogʻir edi, lekin odamlar zamonning zahridan toʻysa ham bir biriga mehrni ayamas edi.

“Oʻquvchi Islomda yorqin xotira, betakror qobiliyat va muhimi qiyinchiliklar oldida choʻchimaslik xarakteri bor edi unda. Eng asosiysi – bolaligidanoq oʻziga ishonar edi”, — deb eslaydi Islom Karimovning sinfdoshi Shamsiddin Sharopov.  

Maktabdan keyin Toshkent Politexnika institutida oʻqidi. Keyin esa Toshket Aviatsiya zavodiga ishga kirdi. Zavodda ishlab turib Xalq xoʻjaligi institutining Iqtisod fakultetini ham yakunlaydi.

Islom Karimovning yorqin iboralari - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Islom Karimov shunday degandi yoxud prezidentning yorqin iboralari

“Agar biror ish bugun qilinishi kerak boʻlsa – u ertaga qoldirmas edi. Kechasi bilan qolib boʻlsa ham ishlab, ertalab tayyor chizmalarni topshirar edi, — deb eslaydi Mixail Kaznov sobiq Toshkent Aviatsiya zavodi konstruktor byurosi rahbari. 

Islom Karimov oʻzini ishga toʻliq safarbar etar va atrofdagilarga biror yangilik qidirayotganga oʻxshar edi. Aviazavodda usta yordamchisidan yetakchi injenergacha vazifasi bosib oʻtdi.

Aʼlo darajada texnik va iqtisodiy taʼlim olgan  Islom Karimov tez orada rahbariyat eʼtiborga tusha boshladi. Uning yorqin analitik aqli, iqtisodiy bilimi, hamma narsani mantiqqa boʻy sundira olish mahorati boshqalarga sezilar edi. 1966 yildan u Respublika Davlat planida ishlay boshladi.

"Davlat planida ishlab yurgan vaqtida Islom Karimov Respublika iqtisodini  chuqur oʻrganib uni rivojlantirish taklifini Markaziy qoʻmita bir necha bor qayta qayta kiritdi. Oʻsha vaqtlar Oʻzbekiston birinchi sekretari yordamchisi boʻlgan Anishevga bunday takliflar yoqmas edi", — deb eslaydi Madamin Hasanov, sobiq OʻzSSR Savdo vaziri.

Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov oʻqigan maktabda xotira tadbiri oʻtkazildi

Islom Karimov oʻz fikrini qatʼiy himoya qildi. Markaz manfaatlarini himoya qilgan Anishev rahbariyatga Karimovning Toshkentda qolishi maqsadga maʼqul emasligini va uni viloyatga joʻnatish keraklik taklifini kiritdi.

Shundan soʻng respublikada eng qoloq boʻlgan Qashqadaryo viloyati birinchi sekretari lavozimini oʻtkazildi.  Oʻsha vaqtlar Qashqadaryo viloyati uchun ogʻir yillar edi. Viloyat bir necha yildan beri pata planini bajara olmayogan vaqtlar edi.

Karimov Qashqadaryo birinchi sekretari boʻlganidan keyin, u oʻz atrofiga eng yaxshi mutaxassislarni yigʻadi. Ularning maslahati bilan xoʻjalk ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyib, viloyatni iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.

Markaz tomonidan yuborilgan Gdlyan va Ivanov nomli tergovchilar tomonidan qamoqqa olingan bir necha aybsiz rahbarlarni oqlab, qamoqdan chiqarishga muvaffaq   boʻladi.   

Prezident boʻlganidan keyin ham Islom Karimov Qashqadaryoliklarga juda iliq munosabatda boʻlgan. “Qashqadaryolikni qayerda koʻrsam darrov taniyman”, deb aytardi Karimovning oʻzi.

Islom Karimov nomzodi Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga taklif qilinganda, Moskvaga uchib boradi. Siyosiy byuro kengashida Islom Karimovga oʻziga nisbatan samimiy munosabat sezmaydi. Ustiga ustak Ligachev ismli byuro aʼzosi kesatiqlar qila boshlaydi.

Oʻzbekiston SSR prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Islom Karimov - soʻnggi kuniga qadar Oʻzbekistonga xizmat qilgan rahbar

Oʻshanda Islom Karimov “Agar bu yerda oʻtirganlar orasida kimnmidir mening 28 yillik tajribam qoniqtirmayotgan boʻlsa, men bu yerdan ketishim mumkin. Gorbachevga yuzlanib — mening nomzodimni olib tashlang”,- deb eshikni yopib chiqib ketdi.

Biroz vaqt oʻtib uning nomzodi Oʻzbekiston birinchi kotibi lavozimiga saylanadi.

1989 yillarda butun Ittifoq va Oʻzbekiston ham ogʻir ahvolda edi. Iqtisodiy va ijtimoiy muammolar juda koʻp edi.

Ustiga ustak, 1989 yilning iyun oyida Fargʻonada oʻzbeklar va mesxeti turklar orasida qonli toʻqnashuvlar boshlandi. Islom Karimov, zudlik bilan ushbu toʻfonni bartaraf etish choralarini qoʻlladi. U falokat yuz bergan joyning markaziga kirib boradi va uning oldini oladi va shundan keyin adolatni qaror topishi va oʻzbek xalqining nomini oqlashga harakat qiladi. 

“Islom Karimov Sovet Ittifoqi davridayoq adolatsizlikka qarshi tura olgan inson edi. U dono rahbar sifatida oyoqqa turdi, jasorat koʻrsatdi va uning jasorati oldida hamma chekindi”, — deb eslaydi Ozarbayjon sobiq prezidenti Geydar Aliyev.  

Bu faolkatdan keyin Toshkentning Boʻka va Parkent tumanlariga ham notinchlik yetib keladi. Bu safar ham Islom Karimov darhol qotillik va talon taroj kuchayayotgan joyga yoʻl oldi.  Voqea joyiga yetib borgach u yerdagi otliq yigitlardan birining otini minib, namoyish qilayotganlarga murojaat qilgan.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov haykalini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlov shartlari eʼlon qilindi

“Bolalarim, men Karimovman. Bizlarga tinchlik kerak. Mana ittifoq tarqalmoqda. Hamma joyda ham qiyinchiliklar boʻlmoqda. Bizga faqat tinchlik kerak. Faqat tinchlik boʻlsa hamma muammolar yechiladi, agar toʻpolon boʻlayotgan boʻlsa oqibati yomon boʻladi”, — deb samimiy murojaat qildi, deb eslaydi voqea guvohlaridan biri.  

Respublika rahbarining kutilmagan hatti-harakatini koʻrgan olomon bir zumda tinchlandi. Karimov odamlar bilan yuzma-yuz gaplashdi, eʼtiroz bilan qilgan murojaati yuraklarga yetib bordi. U toshib ketgan irmoqni yana oʻz oqimiga qaytardi.

Islom Karimov oʻrni kelganda har qanday muammoni kabinetda oʻtirib emas, joyida hal qilar edi.

SSSR tarqalishiga sanoqli kunlar qolganini aniq bilgan Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgarishlar kiritdib mamlkatda prezident saylovini joriy qildi.  1990 yil mart oyida Oʻzbekiston prezidenti etib saylandi.

Endi Oʻzbekiston Markazning topshiriqlariga koʻr-koʻrona itoat etmaydigan yangi tizimga, butun bir xalqning asriy orzusi boʻlmish Mustaqillk boʻsagʻasida turgan edi.

Lekin shunga qaramay, mustaqillikka erishish osn emasligini Islom Karimov yaxshi tushunar edi.

“Kim oʻz xoxishi bilan xom-ashyoni tekinga sotib beradigan respublikaga mustaqillikni berib qoʻyadi? Tarixda boʻlganmi shunday voqea? – Yoʻq boʻlmagan.  Ertaga oltinimiz oʻzimizniki boʻlsa, paxtamiz oʻzimizniki boʻlsa, mana koʻrasiz, salom berib hammasi keladi. Bizlar bilan undan keyin muloqot boshqacha boʻladi”, — deb murojaat qilgan  edi prezident deputatlarga oʻshanda.  

1990-91 yillarda Oʻsh va  Uzgen shaharlari oʻzbek va qirgʻiz millatlari orasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Necha-necha uylar yoqib yuborildi, begunoh odamlar oʻldirildi.

Oʻshanda Qirgʻizistonda jabrlangan oʻzbeklar uchun qasd olishga otlangan yoshlarni oldiga chiqib Islom Karimov “Birorta oʻzbek Oʻshga chegarani buzib oʻtmaydi. Men prezident ekanman hech qanday qasdma-qasdlikka yoʻl qoʻymayman”,  - deb qasd olishga shaylangan oʻzbeklarning toʻxtatib qoldi.

“Agar Oʻshanda Karimov aralashib oʻzbeklarni toʻxtatib qolmaganda, u yerda haqiqiy urush boʻlar edi va Bizni mamlakatlar rivojlanishdan bir necha oʻn yillar orqada qolib ketga boʻlardi”, — deb esalaydi Qirgʻiziston sobiq prezidenti Asqar Akayev.

1991 yilning 1 sentyabrida, orziqib kutilgan mustaqillik eʼlon qilindi. Islom Karimovning Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Davlat bayrogʻi ishlab chiqarishda shaxsan oʻzi qatnashdi.

Islom Karimov va Abdulla Oripov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov, Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlar haqida xotira kitobi chiqariladi

Bundan koʻp oʻtmay, 1991 yilning dekabrida Namanganda Tohir Yoʻldoshga koʻr-koʻrona ergashganlar Oʻzbekiston mustaqilligiga tosh otdi. Ular Oʻzbekistonni islom davlati deb eʼlon qilishni talab qilib namoyishga 10 mingdan ortiq odam toʻplangan edi.

Islom Karimov toʻgʻridan-toʻgʻi voqea joyiga borib namoyishga chiqqanlarga murojaat qiladi va ularning vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi. Prezident uning bir oʻzi ushbu talablarni amalga oshira olmasligini va buning uchun hukumat aʼzolarning, kengashning ruxsati kerak boʻlishini xotirjamlik bilan namoyishchilar rahbarlariga tushuntiradi.

Voqeadan bir necha yil oʻtib, Islom Karimov “Bizlarni xudoning oʻzi asragan edi oʻshanda va  hozirgacha Ilohiy kuch balo qazolarni chetga surib bizga baxtimizni berayapti”, — degan edi.

Islom Karimov mustaqil Oʻzbekiston prezidenti sifatida ilk tashriflaridan birini Saudiya Arabistoniga uyushtirgan edi. Oʻshanda Islom Karimovga katta lutf va izzat-hurmat koʻrsatilib, uni Kaʼbaning ichki qismiga taklif qilishganda Islom Karimov 2 rakat namoz oʻqib, “Yurtimni tinchi qil, elimning farovonligini ber”, deb ollohdan soʻragan edi, — deb eslaydi Usmonxon Alimov Imom Al-Buxoriy masjidi imomi.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvadagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan ataladi

Islom Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratishda ham shaxsan oʻzi ishtirok etgan edi. Prezident salkam 5 soat davomida matn ustida ishlab, har bir sahifada shaxs tarbiyasiga, ommaviy ong shakllanishiga va mammalkat fuqarosi ongi shakllanishiga alohida-alohida urgʻu berish haqidagi taklifini kiritgan edi.

Keyingi balo 1999 yilning 16 fevralida yetib keldiyu. Toshkentdagi vazirlar mahkamasi, prezident apparati va IIV binolari yonida sodir boʻlgan terrorchilik aktlari bir necha kishining umriga zomin boʻldi, yuzlab kishilar jarohatlandi. Ushbu mudhish voqealar sodir boʻlishiga qaramasdan, prezident Mustaqillik maydoniga borib teleefir orqali soʻzga chiqadi.

“Xalqimizga aholigi murojaat qilib aytmoqchiman – vahima boʻlmasin. Ularni topib joy joyiga qoʻyishga, kerak boʻlsa bu muttahamlarning qoʻlini kesib tashlashga ham kuchimiz yetadi”, — degan edi Islom Karimov.  

“Mendek odamni oʻzgartirib boʻlmaydi. Odamlar har xil boʻladi, birovni oʻldirish mumkin, birovni qoʻrqitish mumkin, boshqasini mana shunday harakatlar bilan yoʻlidan qaytarish mumkin, lekin meni oʻzgartirib boʻlmaydi. Men ertangi kunimizni himoya qilish uchun jonimni ham berishga tayyorman. Bu bekor gap emas”, — degan edi Islom Karimov ushbu voqeadan 2 soat oʻtib.  

“Prezident Islom Karimov tarixiy xotira bugungi zamon bilan uygʻunlashishi orqali kishilar qalbida undan gʻururlanish paydo boʻlishi uchun amaliy ishlarni bajardi. U xalqning eng haqqoniy va obʼyektiv tarixini qayta tikladi. Mustaqillik yillarida Amir Temur, Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Manguberdi kabi koʻplab allomalarning xotirasi uchun haykallar qurildi. Koʻplab shaharlar tarixi uzoq ming yillarga borib taqaladi. Ularning yubiley sanalari keng nishonlanmoqda. Bu oʻz natijasini bermoqda. Millat oʻzining madaniy meʼrosini yaxshi bilishi yaqqol koʻrinib turibdi”, — deydi Xorxe Espinal Yuneskoning Oʻzbekistondagi vakili.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala