Siyosat

Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

© SputnikQashqadaryo
Qashqadaryo - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Sessiyada Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Roʻziyev soʻzga chiqib, tumanning koʻpmillatli xalqi, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xoʻjaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha mulohaza yuritdi, deb xabar qilingan Qashqadaryo viloyati hokimligi saytida.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Javliyev Gʻayrat Choriyevich Muborak tumani hokimi etib tasdiqlangan. Tumanni bir necha yillardan buyon boshqarib kelgan Allaqulov Panji Egamberdiyevich esa hokim vazifasidan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala