Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikdagi ilk kitobi nashr etildi

© Podrobno.UZShavkat MIrziyoyev kitobi
Shavkat MIrziyoyev kitobi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu risolada Oʻzbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish surʼatlariga atroflicha baho berilgan

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak" nomli kitobi chop etildi, deb xabar bermoqda "Qalampir" sayti. Mazkur risola "Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan kengaytirilgan majlisida ishtirok etib, nutq soʻzlagan edi. Kitobdan ushbu yigʻilishdagi maʼruza oʻrin olgan.

Saylovlardan keyingi holat - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish rejasi loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyildi

Xabarda aytilishicha, ushbu risolada Oʻzbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish surʼatlariga atroflicha baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni toʻliq va samarali ishga solishga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

Maʼruzada Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2017 yilga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlar, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq muhim vazifalar batafsil koʻrsatib berilgan.

Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarda arzon va qulay uy-joylar qurish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli vazifalar ham kitobdan alohida oʻrin egallagan.

Yangiliklar lentasi
0