Jamiyat

Oʻzbekiston 2020 yilda oʻz paxtasini toʻliq qayta ishlaydi

© AFP / NOAH SEELAMPaxta xom ashyosi
Paxta xom ashyosi - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumat tomonidan koʻrilayotgan maxsus choralar natijasida yaqin 2-3 yil ichida tayyor paxta mahsulotlari eksporti 2 baravar oshadi.

TOSHKENT, 1 fev – Sputnik. Mustaqillikning ilk damlaridanoq Oʻzbekiston hukumati mamlakatda yetishtirilayotgan paxtani Oʻzbekiston ichida qayta ishlashga qaratilgan siyosat olib bormoqda, “Jahon” axborot agentligi xabariga asosan.

1991 paxta tolasini qayta ishlash hajmi 7 % boʻlsa, 2016-yilda ushbu koʻrsatkich 40 % ni tashkil qildi. Bugungi kunda Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini 50 dan ortiq mamlakatga eksport qilmoqda. Soʻnggi yillarda Braziliya, Chili, Xorvatiya, Nigeriya kabi uzoq mamlakatlarga ham yengil sanoat mahsulotlari eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Yangi qonun

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan «2017-2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi qarori sohada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Paxta yarmarkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkentda XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi ochildi

Ushbu qonun 2020 yilga qadar Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxta tolasini toʻliq qayta ishlashni taʼminlash, tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va paxta mahsulotlari eksport salohiyatini 2,7 barobardan koʻproqqa oshirishni nazarda tutgan, deydi “Oʻzbekengilsanoat” aktsiyadorlik jamiyati boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Sanjar Toʻxtayev. 

Ekspertlar fikriga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston eksportining 50% ni ip-kalava mahsulotlari tashkil qilmoqda. Tayyor mahsulotlar esa – 47 %ni tashkil qilmoqda. Kelajakda esa, xom-ashyo mahsulotlari hajmini bosqichma-bosqich kamaytirilib yuqori qiymatli tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti ulushi 65,5 % ga yetkizish rejalashtirilgan.

Ixtisoslashgan toʻqimachilik majmualari

Yangi dastur doirasida 2017-2020-yillarda sohaga 2,2 milliard dollardan ortiq mablagʻ (uning deyarli yarmi xorijiy investitsiya) jalb qilinadi.

Investitsion loyihalar toʻrt bosqichli tizim asosida paxta xom-ashyosini qayta ishlab, undan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Buning uchun maxsus toʻqimachilik komplekslari va 27 mingdan ortiq yangi ish oʻrnlari yaratiladi. Ushbu  sohada 120ta yangi korxona tashkil etiladi va oʻndan ortiq mavjud korxonalar modernizatsiya qilinadi

Iqtisod
Toshkentda zamonaviy toʻqimachilik texnoparki quriladi.

Yangi toʻqimachilik majmualari ish oʻrinlariga talab kuchli boʻlgan hududlarda joylashtiriladi. Masalan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Sherobod tumanlari, Sirdaryoning Guliston, Sayxunobod, Jizzaxning Gʻallaorol, Jizzax, Qashqadaryoning Yakkabogʻ, Shahrisabz, Namanganning Uchqoʻrgʻon, Pop, Samarqandning Oqdaryo, Urgut, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli, Chimboy tumanlari shular sirasidandir.

Loyihalarda avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini oʻsha joyning oʻzida toʻliq qayta ishlab, yuqori qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirish uchun xizmat qiladi.

Yangi uslubda kredit jalb qilish
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar butunlay yangi mexanizm asosida ajratiladi. Toʻqimachilik loyihalarini moliyalash uchun tijorat banklarida maxsus kredit liniyalari ochilib,  jalb etayotgan banklar yoki investitsiya kompaniyalari mablagʻlari loyihaning 100 foizi miqdorida

Rossiya va Oʻzbekiston bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya - Oʻzbekiston toʻqimachilik qoʻshma korxonasi tashkil qilinadi
korxona nizom kapitaliga aylantirilishi mumkin. Tijorat banklariga loyihalarni amalga oshirish muddatidagi investitsiya davrida ajratilgan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiya qilish hamda ularda ulushli ishtiroki boʻyicha cheklovlarni qoʻllamaslik huquqi berilmoqda.

Dasturning asosiy jihatlaridan yana biri, xorijiy tajribalarni oʻzlashtirgan holda toʻqimachilik korxonalarini tashkil qilish, loyihalashtirish va qurilishning yangi tarmoq meʼyorlarini ishlab chiqish hamda joriy etishdir. Ushbu meʼyorlar qurilish-montaj ishlari xarajatlarining kamayishini va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishni taʼminlaydi. Endilikda paxta xomashyosini qayta ishlashni ragʻbatlantirish maqsadida oldin taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.

Soliq imtiyozlari

Mazkur imtiyozlar qatoriga daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq, yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar toʻlashdan ozod qilish, 40 foizdan ortiqroq mahsulotni eksportga joʻnatgan toʻqimachilik korxonalarini mulk soligʻidan ozod qilish, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo hamda materiallarni bojxona toʻlovlaridan ozod etish kabilar kiritilgan.

Jamiyat
Oʻzbekistonda toʻqimachilik sohasiga soliq va bojxona imtiyozlari berildi
Ushbu imtiyozlardan samarali foydalanish evaziga iqtisod qilingan mablagʻlar yangi quvvatlarni barpo etish, zarur xomashyo va materiallarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Hisob-kitoblarga koʻra, 2020-yilga borib, paxta tolasidan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahalliy korxonalarda toʻliq qayta ishlanadi. Natijada toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlari eksportining keskin qisqarishiga va tashqi bozorlarga yetkazib berilayotgan tayyor mahsulotlar hajmining 2,1 barobarga oshishiga erishiladi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini chuqur qayta ishlash, hududlarda xalq isteʼmoli mollari hamma turini ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishi ichki bozorni Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala