Turkmaniston prezidenti quruvchilarga gitara chalib qo‘shiq kuylab berdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGurbanguli Berdimuxamedov
Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuxamedov qo‘shiqchiliq san’atiga qiziqishi Turkmaniston aholisiga sir emas. Prezident bundan oldin ham fuqarolariga bir necha marta qo‘shiq kuylab bergan edi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘tgan dushanba kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Axal viloyatiga tashrif buyurdi.

Axal viloyatida tabiiy gazdan benzin olish majmuasini qurilishi olib borilmoqda. Tashrif davomida prezident quruvchilar bilan uchrashdi va o‘zining saylov oldi dasturi haqida so‘zlab berdi, Xronika Turkmenistana xabari asosida.

Suhbat davomida quruvchilardan biri gitarani qo‘lga olib prezidentga qo‘shiq aytib berdi. Undan keyin esa prezident gitarani olib o‘z qalamiga mansub “Baxt nuri” qo‘shig‘ini kuylab berdi.

Shundan keyin Gurbanguli Berdimuxamedov 8-mart bayramida ayollarga sovg‘a sifatida yana bir necha qo‘shiq tayyorlab qo‘yganini aytdi.

Gurbanguli Berdimuxamedov qo‘shiqchiliq san’atiga qiziqishi Turkmaniston aholisiga sir emas. Prezident bundan oldin ham fuqarolariga bir necha marta qo‘shiq kuylab bergan edi.  

Yangiliklar lentasi
0