Yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskvada g‘ayritabiiy sovuq
Moskvada g‘ayritabiiy sovuq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar 2-fevraldan yog‘ingarchilik bashorat qilishmoqda, 3-4 fevral kunlari esa qor yog‘adi. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. ​O‘zbekistonda fevral oyining ilk kunlari yog‘ingarchiliklar va noodatiy sovuqlar bilan boshlanadi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi.

Moskvada g‘ayritabiiy sovuq havo manzaralari - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada g‘ayritabiiy sovuq havo manzaralari
"2 fevraldan sinoptiklar yog‘ingarchilik bashorat qilishdi: yomg‘ir, 3-4 fevral kunlari qor. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi. Respublika bo‘yicha kunduzi havo harorati o‘rtacha 0 —5 daraja sovuqni tashkil qiladi, tunda 2-7˚S sovuq.

5-6 fevral kuni havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lib o‘tadi, tunda esa yanada sovuqroq bo‘ladi: termometr ustuni 7-12 daraja sovuqni ko‘rsatadi. O‘zgidrometdan xabar berilishicha, bunday sovuq harorat mamlakatimizning aynan markaziy, sharqiy qismlari hamda poytaxtda kuzatiladi.

Fevralning ilk kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, joylarda tuman tushadi", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0