Migratsiya

Astraxanda oʻzbekistonlik talabalar soni oshmoqda

Hozirda Astraxan viloyatida 2600ga yaqin oʻzbeklar istiqomat qiladi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Astraxanda oʻzbekistonlik talabalar soni oshmoqda, bu haqda Astraxan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkinga "Oʻzbekiston" oʻzbek madaniyati hududiy jamoat tashkiloti vakillari maʼlum qilishdi.

"Astraxanda Oʻzbekistondan kelgan talabalar soni oshib bormoqda. Masalan, birgina tibbiyot akademiyasida 300dan ortiq, Astraxan davlat universitetida esa bundan sal kamroq talaba tahsil olmoqda", — dedi "Oʻzbekiston" jamoat tashkiloti raisi Bahodir Aminov.

Gubernator tashkilot vakillarining kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

"Oʻzbekiston" tashkiloti viloyatda millatlararo va dinlararo xotirjamlikni saqlash borasida faol ish olib bordi, — dedi gubernator Aleksandr Jilkin. — Tashkilotning barcha tadbirlardagi faolligini alohida qayd etmoqchiman".

Hozirda Astraxan viloyatida 2600ga yaqin oʻzbeklar istiqomat qiladi. "Oʻzbekiston" jamiyati viloyatda 1996 yildan buyon faoliyat koʻrsatadi. Tashkilotning vazifalaridan biri oʻzbek xalqining tili, madaniyati, anʼana va urf-odatlarini tiklash va saqlab qolishdir. Jamiyat turli ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazadi, oʻzbek sanʼatkorlarining kontsertlarini tashkil qiladi, Navroʻz bayrami tantanalarini oʻtkazishda ishtirok etadi. Astraxanda shuningdek "Oʻzbegim" ijodiy jamoasi faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala