Jamiyat

Toshkent-Andijon poyezdi qatnovi yana yoʻlga qoʻyildi

Ilgariroq ayrim OAV tomonidan Qamchiq dovonida yuk poyezdi halokatga uchragani haqida xabarlar tarqatilgandi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Bir necha kundan buyon qatnovi toʻxtab qolgan Qamchiq dovoni orqali qatnovchi Toshkent-Andijon poyezdi qatnovi yana yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

"2017 yil 1 fevral kunidan boshlab "Toshkent-Andijon-Toshkent" yoʻnalishida qatnovchi 61/62, 60/59-sonli yoʻlovchi poyezdlari hamda yuk poyezdlarining muntazam qatnovi yana yoʻlga qoʻyildi", deyiladi xabarda.

Ilgariroq ayrim OAV tomonidan Qamchiq dovonida yuk poyezdi halokatga uchragani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala