Toshkentda pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

© Podrobno.UZPirotexnika vositalari
Pirotexnika vositalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtda 180 mingdan ortiq pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Yo‘q qilingan pirotexnika vositalari noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan va poytaxt ichki ishlar, soliq, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan musodara qilingandi, deb xabar bermoqda Podrobno.UZ.

O‘zbekistonda mavjud qonunchilikka ko‘ra, 2009-yildan buyon pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash va foydalanish taqiqlangan. 2010-yil sentabridan esa bunday faoliyat uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Respublikaga asosan Xitoydan sifatsiz pirotexnika mahsulotlarining olib kirilishi hukumatni mana shunday chora ko‘rishga majbur qildi. Sifatsiz pirotexnika vositalaridan foydalanish ayniqsa o‘smirlar va bolalarning jarohatlanishiga olib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga qarshi faol kurash olib borildi. O‘tkazilgan minglab reydlar natijasida millionlab so‘mlik noqonuniy pirotexnika vositalarining respublikaga olib kirilishining oldi olindi.

Yangiliklar lentasi
0