Kutilmagan mashhurlik: Ostonada avtobus haydovchisi jip haydovchisini do‘pposladi

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoQozog‘iston politsiyachisi
Qozog‘iston politsiyachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobus haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, JIP haydovchisi avtobusga yo‘l berishni istamagan va bu bilan avariya holatini vujudga keltirgan

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Ostonada JIP va avtobus haydovchilari yo‘l talashib, poytaxt ko‘chasining qoq o‘rtasida mushtlashdilar, deb xabar tarqatgan Sputnik Qozog‘iston nashri.

Dahanaki jang aks etgan videoni internetga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mushtlashuvdan keyin yuklashgan. Videoga qoldirilgan izohlarga ko‘ra, mojaro Ostonada Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi binosi ro‘parasida yuz bergan.

Video rolikda ikki erkak qorda, yo‘lning harakat qismida mushtlashayotgani tasvirlangan. Jangari kayfiyatdagi haydovchilarni ayollar, va boshqa haydovchilar ajratishga harakat qilishgan.

"Albatta, bu yaxshi tomosha emas… sharmandalik! Ostonada avtobus haydovchilariga nisbatan chora ko‘rish vaqti keldi, ular o‘zlarini hamisha mana shunday tutishadi. Aks holda, yozda chet elliklarga "ko‘rsatadigan tomoshalarimiz" ko‘p bo‘lishi tabiiy", — deb yozishgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videoga munosabat bildirgan holda.

Ostona Ichki ishlar departamenti matbuot-xizmati ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birorta tomon politsiyaga ariza bilan murojaat qilmagan.

Yangiliklar lentasi
0