Pensiya, nafaqa va stipendiyalar naqd pulda beriladi

Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning qaroriga asosan fevraldan boshlab pensiya va nafaqa to‘lovlari faqat naqd pulda beriladi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qarorning bajarilishini nazorat qilib boradi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 1-fevraldan boshlab pensiya va nafaqa to‘lovlari faqat naqd pulda beriladi, bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-fevralda e’lon qilingan qarorida ma’lum qilindi.

Undan tashqari fevral oyidan boshlab uzoq va tog‘li hududlarda yashovchi aholi oylik maoshlari, shuningdek oliy ta’lim maskanlari talabalarining stipendiyalarining 50%i naqd pulda to‘lanishi kerak.

Keksa kishi - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya ta’minotida yangi yildan joriy etilgan asosiy o‘zgarishlar haqida
Mazkur Qaror "O‘zbekiston" telekanali orqali o‘qib eshittirildi.

Barcha pensiya va nafaqalar kelgusi oyning 20-sanasiga qadar to‘lanishini ta’minlash kerakligi ta’kidlandi.

Qarorning amalda tadbiq qilinishini O‘zbekiston Markaziy Banki, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Pochtasi zimmasiga yuklatildi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qarorning bajarilishini nazorat qilib boradi.

Qarorning qabul qilinishiga fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar asos bo‘lgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0