Siyosat

Tramp farmoni Oʻzbekiston fuqarolariga taalluqli emas - elchixona

27 yanvar 2017 yil AQSH Prezidenti Donald Tramp yetti mamlakat fuqarolarining Amerika Qoʻshma Shtatlariga kirishini vaqtincha toʻxtatuvchi farmonga imzo chekkan edi

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlariga safar qilishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga bu farmon tegishli emas, deb xabar qilingan AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida.

AQSH prezidenti Donald Tramp yangi qonunga farmonni imzoladi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp AQShga kirish tartibini kuchaytirib, qochqinlarni qabul qilishni toʻxtatdi
"AQShga safar qilishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga bu farmon tegishli emas, biroq buning uchun ular bir vaqtning oʻzida Eron, Iroq, Suriya, Sudan, Liviya, Yaman va Somali fuqaroligiga ega boʻlmasliklari lozim. Oʻzbekiston fuqarolari avvalgidagi kabi barcha toifadagi vizalar olish uchun murojaat qilishda davom etishlari mumkin", — deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston fuqarolari shuningdek, "Suhbatsiz vizaga murojaat etish dasturi"da ishtirok etishlari mumkinligi aytib oʻtilgan.

27 yanvar 2017 yilda eʼlon qilingan farmon Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman mamlakatlari fuqarolari uchun viza berilishini vaqtincha toʻxtatib turishni nazarda tutadi.

"Agar siz yuqorida sanab oʻtilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlsangiz yoki ikki fuqarolikka ega boʻlsangiz, iltimos, viza suhbatini belgilamang va hech qanday viza toʻlovlarini amalga oshirmang. Agar siz suhbatga qirish kunini avvalroq begilab qoʻygan boʻlsangiz, ushbu suhbatga kelmang, chunki biz siz bilan viza suhbatini oʻtkaza olmaymiz", — deb ogohlantirgan elchixona.

Shuni nazarda tutish lozimki, rasmiy hukumat maqasadlari, belgilangan xalqaro tashkilotlar nomidan rasmiy ish yuzasidan yoki Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga oid rasmiy maqsadlar bilan bogʻliq safarlar uchun yoki muayyan mulozimlarga ushbu farmon shartlari taalluqli emas.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala