Dunyoda

Xillari hayotidagi eng murakkab davr haqida kitob yozdi

© AFP / JEWEL SAMADXillari Klinton
Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
Xillari esse kitobxonlar uchun foydali boʻlishiga umid bildirdi

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik, Dmitriy Zlodorev. AQSH sobiq Davlat kotibi, 2016 yilda prezidentlik kursisiga daʼvogarlik qilgan demokrat Xillari Klinton oʻzining yangi kitobida saylovoldi kampaniyasi haqida soʻzlamoqchi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Klintonning tarafdorlari koʻzda yosh bilan tarqalmoqdalar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Kampir Xillari dam olsin" yoxud siyosatchilar Tramp gʻalabasi haqida
Nashrga koʻra bu haqda dushanba kuni  Los Angeles Times gazetasi saytida xabar qilingan.

Klintonning essesi Simon & Schuster nashriyoti tomonidan chop etiladi, deyiladi xabarda. Kitob qanday nomlanishi va uning taqdimoti sanasi hozircha maʼlum qilinmayapti.

"Ushbu kitobda yaqinda boʻlib oʻtgan, ehtimol, muallif uchun eng murakkab boʻlgan davr — yaʼni uning prezidentlik saylovlaridagi barchani shok holatiga solgan magʻlubiyati haqida hikoya qilinadi", — deyilgan materialda.

"Bu — mening yuragim tubidagi soʻzlardir. Menga yaxshi davrlarda xursandchilik baxsh etgan, ahmoqona vaqtlarda qah-qah urishga kuch bagʻishlagan va barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan narsa haqida", — degan bu borada Klintonning oʻzi. Xillari esse oʻquvchilar uchun foydali boʻlishiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala